2026 yil 21 may | Toshkent

Moliya mutaxassislari

II Forumi

  • JoyOʻzLiDeP Ijroiya qoʻmitasining
    konferens-zali
  • ShakliYuzma-yuz va onlayn
  • TilOʻzbek va rus
Qolgan boʻsh oʻrinlar:
  • 19
  • 250

Onlayn-translyatsiya – 21 may kuni soat 10:00 da

Voqealar markazida boʻlish uchun jonli efirga ulaning

Translyatsiyaga oʻtish
youtube

Forum haqida

Professional mutaxassislar uchun munozara maydoni

Forum regulyatorlar, professional uyushmalar va biznes hamjamiyati vakillarini moliyaviy hisobotning yangi standartlariga oʻtish, milliy sertifikatlash tizimini yaratish va uni xalqaro malakalar bilan integratsiya qilish, yangi kasbiy standartlar hamda islomiy bankni kadrlar bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilish uchun birlashtiradi.

Roʻyxatdan oʻtish

Forum kuni – 4 ta asosiy masalani kompleks muhokama qilish

NSFO s 2027 goda, ili?

    MHMS 2027 yildan, yoki?

  • Nimadan boshlash va qanday tayyorgarlik koʻrish kerak
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligidan rasmiy tushuntirishlar
  • Kompaniyangiz uchun oʻtish rejasi
Natsionalnaya sertifikatsiya

    Milliy sertifikatlash

  • U kimlar uchun zarur (majburiy / ixtiyoriy)
  • Olish tartib-taomili
  • Narxi va muddatlar
Noviye profstandarti

    Yangi kasbiy standartlar

  • Mutaxassislarga qoʻyiladigan talablarda nimalar oʻzgaradi
  • Bu ish haqiga qanday ta’sir koʻrsatadi
  • Malakani qanday tasdiqlash mumkin
Islamskiye finansi

    Islom moliyasi

  • Qayerda oʻqish mumkin
  • Qanday bilim va koʻnikmalar zarur
  • Mehnat bozoridagi istiqbollar

Forum dasturi

Bosh buxgalterlar, moliya boʻyicha direktorlar, auditorlar va moliya sohasidagi boshqa mutaxassislar uchun

  • 09:30-10:00 Ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish
  • 10:00–10:10 Forumning ochilishi. Tashkilotchilarning tabrik soʻzi
  • 10:10–11:40
    1-muhokama Oʻzbekiston uchun moliyaviy hisobotning yangi standartlari

    2027 yildan boshlab MHXS asosida moliyaviy hisobotning milliy standartlari joriy etilishi mumkin. Bu soʻnggi 30 yildagi hisobga olish tizimidagi eng keng koʻlamli oʻzgarishdir. Bir vaqtning oʻzida 100 000 nafar buxgalterni qanday tayyorlash mumkin? Yangi standartlar hali ishlab chiqilayotgan bir paytda, oʻqituvchilarni qayerdan topish kerak? Kichik biznes ortiqcha xarajatlarsiz MHMSga qanday oʻtishi kerak? Va eng muhimi — islohot tadbirkorlar uchun yangi boshogʻriq emas, balki oʻsish nuqtasiga aylanishi uchun nima qilish kerak?

  • 11:40–12:40
    2-muhokama Buxgalterlar va moliya menejerlarini milliy sertifikatlash

    Milliy sertifikatlash aslida kimga kerak — davlatgami, ish beruvchigami yoki buxgalterning oʻzigami? Umuman, uning keragi bormi? Hammasi uchun bitta boʻlsinmi yoki tanlov imkoniyati qoldirilsinmi? Uni oʻtkazishni kimga ishonib topshirish mumkin? Majburiymi yo ixtiyoriy — yoki har ikkalasi hammi? Uni qanday qilib hamyonbop qilish mumkin?

  • 12:40-13:30 Tushlik
  • 13:30-14:30
    3-muhokama Moliya-iqtisodiy kasblar uchun yangi kasbiy standartlar

    Bugun Oʻzbekistonda buxgalterga oid beshta turli standart amal qilmoqda — va ularning birortasi ham bozor talablariga javob bermaydi. Ish beruvchi oʻzining qarshisida shunchaki diplom egasi emas — balki malakali mutaxassis turganini qanday anglashi mumkin? Buxgalter esa diplomi yoki xalqaro sertifikati boʻlmasa, oʻz qadrini qanday isbotlay oladi? Milliy standart haqiqiy moʻljalga aylana oladimi — yoki stoldagi navbatdagi hujjat boʻlib qolaveradimi?

  • 14:30-15:30
    4-muhokama Islom moliyasi sohasida kadrlar tayyorlash

    Qonun qabul qilindi. Islom moliyaviy mahsulotlari bozorga kirib kelmoqda. Ammo bu sohada ishlashni biladigan mutaxassislarni qayerdan topish mumkin? Bozorga qancha mutaxassis — va qanday muddatlarda kerak boʻladi? Oddiy bank xodimini qayta oʻqitish mumkinmi yoki ularni noldan oʻqitish zarurmi? Islom moliyasi boʻyicha malakani qanday tasdiqlash mumkin — va bu tasdiqnoma bozor tomonidan tan olinadimi? Xoʻsh, bu mutaxassislarni qayerda tayyorlash kerak?

  • 15:30-15:45 Yakuniy rezolyutsiyani qabul qilish. Yopilishi.
  • Yuzma-yuz sessiyalar konferens-zalda boʻlib oʻtadi. Zal sigʻimi: 250 oʻrin.
  • Yuzma-yuz ishtirok etish uchun zalga kirish va roʻyxatdan oʻtish 09:25 da yakunlanadi.
  • Onlayn ishtirokchilar translyatsiyaga ulanishlari va forumdan soʻng videomateriallardan foydalanishlari mumkin.

Forum tashkilotchilari

Spikerlarga savol berishingiz mumkin

Savolingizni oldindan yozib qoldiring — eng qiziqarli savollarga javoblar forumning oʻzida e’lon qilinadi

Spikerlarga savol berish
ask

Bepul ishtirok etish

Ishtirok etish shakllari va roʻyxatdan oʻtish

Moliya va iqtisodiyot sohasi mutaxassislari uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Zaldagi oʻrinlar soni cheklangan.

Yuzma-yuz ishtirok etish

Zalda 250 ta oʻrin. Boshlanishi: 9:30.

Onlayn- ishtirok etish

Forumdan keyin videomateriallardan foydalanish imkoniyati

Narxi

Ishtirok etish bepul. Roʻyxatdan oʻtish majburiy.

Registratsiya na dannoye meropriyatiye zavershena.

Aloqa uchun

Aloqa uchun ma’lumotlar